Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qo'mita raisi o'rinbosari – bosh muhandis tayinlandi

9282 17-Aprel, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 21 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 10 apreldagi PQ-2877-sonli qaroriga binoan Obid Adilov O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari – bosh muhandis etib tayinlandi.

Obid Chorievich Adilov shu paytga qadar "O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvi raisi o'rinbosari – bosh muhandis lavozimida ishlab kelgan.

Prezidentning 2014 yil 14 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqlangan yangi qo'mitaning tashkiliy tuzilmasiga asosan, qo'mita raisi o'rinbosari – bosh muhandis: avtomobil yo'llarini saqlash va ularning texnik holatini tahlil qilish, yo'llarda tashilayotgan yuklarning og'irligi va hajmini nazorat qilish, avtomobil yo'llarining hisobi va ularning davlat kadastri, shuningdek, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalariga rahbarlik qiladi.

Avtomobil yo'llari Davlat qo'mitasi 

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali