Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Muborak Qurbon hayitining ma'naviy hayotimizdagi o'rni, mohiyati va
ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag'rikenglik ramzi
ekanini e'tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug'lash
maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy bayram – Qurbon
hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish haqida"gi 1991-yil 20-iyundagi
PF-221-son Farmoniga muvofiq:
1. O'zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi
kuni 24-sentabr payshanba kuniga to'g'ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga
olib, 2015-yil 24-sentabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va
bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamg'armalari va boshqa barcha mutasaddi
idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori
darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o'tishi uchun
tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
3. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot
agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash
bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri,
2015-yil 18-sentabr