Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qutlov!

3391 6-Sentyabr, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 94 Kb)


Hammamizga ma'lumki, yaqindagina O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mustaqilligimizning o'ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida Farmonni imzolagan edi. 


Qabul qilingan mazkur farmonga asosan Avtomobil yo'llari sohasida ko'p yillar davomida mehnat qilib kelayotgan bir guruh ishchi-xizmatchilar ham yuksak davlat mukofotlariga sazovar bo'lishdi.

Bular, 


Qoraqalpog'iston Respublikasi Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Chimboy tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi Saymbetov Perdebay Jumamuratovich – "Mehnat shuhrati" ordeni bilan;


Xorazm viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Shovot tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi Ashirov Kurol Saparbayovich - "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan;


Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Angor tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi Achildiev Mustafaqul Jo'raevich - "Shuhrat" medallari bilan taqdirlandi.

Aziz hamkasblar! Sizlar erishgan ushbu yutuqlar butun yo'l sohasida xizmat qilib kelayotgan barcha-barchani quvontirgani tabiiy holdir.

Sizday yuksak davlat mukofotiga sazovor bo'lgan hamkasblarni sohada xizmat qilayotgan barcha yo'sozlar nomidan muborakbod etgan holda oilaviy baxt,uzoq-umr, sog'liq-salomatlik hamda kelgusidagi faoliyatingizga omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz

Yana bir bor yuksak davlat mukofotlari muborak bo'lsin!

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

jamoasi

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali