Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Ravon yo'llar uchun zamonaviy texnikalar

43124 24-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 1266 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martda qabul qilingan "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi PQ-2313-sonli qarorida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash maqsadlari 2015 yildan 2019 yilga qadar jami 993 dona jixozlar va yo'l-qurilish texnikalarini xarid qilish; 28 jamlanmada asfalt-beton, tsement-beton zavodlari, beton qorishtirish uskunalari, tosh maydalash va saralash liniyalari hamda boshqa texnikalarni xarid qilish, shu yo'l bilan ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash ishlarini amalga oshirish belgilab berilgan  edi.


Mazkur qaror ijrosi yuzasidan, shuningdek, "O'zavtoyo'l" aktsiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo'yicha joriy 2016 yilning shu davriga qadar tizimdagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan jami 91 dona zamonaviy yo'l qurilish texnikalari xarid qilindi.


Kompaniyaning avtomobillar yo'llaridan foydalanishni transport, mexanizatsiya va texnik ta'minlash boshqarmasi bosh mutaxassisi O.Jumaniyozovning xabar berishicha, yuqoridagi – Respublika Yo'l jamg'armasi mablag'lari hisobidan olinayotgan texnikalardan tashqari, korxonalarning o'z mablag'lari hisobidan ham 20 dan ortiq texnikalar hamda 2 ta asfalt-beton qorishtirish uskunalari sotib olindi.


Shuni alohida ta'kidlash kerakki, xarid qilingan texnikalarning aksariyati xorijda emas, O'zbekistondagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsus yo'l qurilish texnikalari hisoblanadi. 

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali