Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv
2017 yilning 19 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mehnat va bandlik qo'mitasi raisi D.Cherneyko rahbarligida O'zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan ishchi guruh a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muzokaralar davomida yo'l qurilishi sohasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikning muhim jihatlari, shuningdek, O'zbekistondagi yo'l qurilishi tarmog'iga Rossiya kompaniyalarini jalb etish kabi masalalar muhokama etildi.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati