Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Samarqand viloyatida yo'lsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan matbuot anjumani

10760 18-Iyul, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 650 Kb)


Joriy yilning ikkinchi choragi yakunida Samarqand shahridagi viloyat Matbuot uyida viloyatdagi xalqaro va davlat  ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida qayta qurish, to'la ta'mirlash va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo'llarida asosiy faoliyat bo'yicha olib borilayotgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Bugungi kunda, Samarqand viloyati bo'yicha ja'mi 4090 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari mavjud bo'lib, shundan: xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo'llari 385 km, davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llari 979 km, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo'llari 2726 km. ni tashkil etadi. 


Samarqandlik yo'lsozlar ushbu avtomobil yo'llaridagi qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlarining yanada samarali olib borilishiga bor-kuch g'ayratlarini safarbar qilib, mustaqilligimizning 25 yilligini munosib kutib olishga shaylanmoqdalar. Jumladan, joriy yilda, Investitsiya Dasturi doirasida "Samarqandavtoyo'l" hududiy yo'llardan foydalanish tashkiloti tizimidagi tuman yo'l xo'jaligi pudrat ta'mirlash-foydalanish korxonalari va Samarqand Xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llarni saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash foydalanish korxonasi tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 2016 yil Investitsiya dasturi doirasida 35 km uzunlikdagi avtomobil yo'llarini rekonstruktsiya qilish uchun 51071,9 mln.so'mlik shartnoma tuzilgan bo'lib, 2016 yil yanvar-iyun oyida 17355 mln. so'mlik yo'l qurilish va rekonstruktsiya  ishlari bajarildi. 

Shuningdek, mahalliy  ahamiyatdagi  umumfoydalaniladigan  avtomobil  yo'llarida ham 2016 yilning  birinchi yarmida joriy ta'mirlash, avtomobil  yo'llarini saqlash, qishki qarov va ko'kalamzorlashtirish ishlari samarali ravishda olib borildi. 


Samarqandlik yo'lsozlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko'lami nihoyatda keng. Ular mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlab topshirilishi rejalashtirilayotgan bir qator ob'ektlarda o'z aksini topadi va bayram uchun munosib sovg'a sifatida xizmat qiladi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali