Samarqand xalqaro aeroportining rekonstruksiyasi boshlandi
6-sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportining turargohi hamda uchish-qo'nish yo'lagini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur rekonstruksiya ishlari Avtomobil yo'llari qo'mitasi tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keng ko'lamdagi bu ishlarga 150 dan ortiq transport va texnika vositalari jalb etilgan.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 26-iyul kuni Samarqand shahriga tashrifi chog'ida Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishga oid rekonstruktsiya loyihasi bilan tanishgan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo'nish yo'lagini rekonstruktsiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish bo'yicha ko'rsatmalar bergan edi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
matbuot xizmati