Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Sergeli tumanida metro va 500 yangi turar-joy binolari bunyod etiladi

28115 6-Oktyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


Toshkentning Sergeli tumanida 6 ta metro bekati va 500 yangi turar joy binolari quriladi. Toshkent shahar hokimligida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxo'jaev shu haqda ma'lum qildi.

25 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoev Sergeli tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimligi oldiga bir qator vazifalar yuklagandi. Yangi ko'p qavatli turar joy binolari, metro va 12 chiziqli avtoyo'l qurilishi shular jumlasidandir. Ushbu masalalar yuzasidan Sergeli tumani hokimi F.I.Maqsudxo'jaev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

Tuman hokimining so'zlariga ko'ra, bugungi kunda mazkur topshiriqlar ijrosi yo'lga qo'yilgan bo'lib, ko'p qavatli turar joy binolari qurilishiga start berilgan. Sergeli tumani bo'ylab umumiy hisobda 500 yangi turar joy binolari barpo etiladi. Qurilish ishlarini 4 yilda nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan. 

Jurnalistning Sputnik massividagi yog'och uylarning taqdiri haqidagi savoliga hokim quyidagicha javob berdi: "Mazkur yog'och, boshqacha qilib aytganda fin uylarining qurilganiga 50 yildan oshdi, shunga qaramay bu yerda hanuz odamlar istiqomat qiladi. Shu bois, bu uylarning o'rniga yangi 9 qavatli turar joy binolari qurishga qaror qilindi. Bugungi kunga kelib, bu yerda 421ta yog'och uy mavjud. Hozirda bu uylarning qurilish loyihalari nihoyasiga yetkazilmoqda, endi ularni amalga oshirishgina qoldi. Fursatdan foydalanib, Sergeli tumani aholisiga shuni ma'lum qilamanki, hech kim uysiz qolmaydi, hamma qonun doirasida turar joy bilan ta'minlanadi". 

Sergeli tumanida qurilajak metro yo'liga keladigan bo'lsak, manbaga ko'ra, uzunligi 8 kilometrni tashkil qiluvchi metro yer sathidan 6 metr balandlikda barpo etiladi. Ular Sergelining Sputnik dahasidan "Olmazor" metro bekatigacha bo'lgan oraliqda joylashadi.

Uning qurilishi 2020 yilga qadar davom etadi. Hokimning so'zlariga ko'ra, metro juda zamonaviy usulda quriladi, bunday zamonaviy yer usti metrosi MDH davlatlarining birortasida yo'q. 

Gazeta.uz

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali