Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Shavkat Mirziyoev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

4524 13-Iyun, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 30 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Bishkek shahrida Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg'iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko'rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O'zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya yo'lga qo'yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko'rib chiqildi.

Tomonlar ko'p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa'y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali