Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni tabrikladi

7341 15-Fevral, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 20 Kb)


Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni GFR prezidentligiga saylangani bilan tabriklab, O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi O'zbekiston TIV matbuot xizmati.

"Bo'lib o'tgan saylovlar sezilarli iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega jahonning yetakchi davlatlaridan biri — Germaniyaning xalqaro nufuzini mustahkamlashga Sizning muhim va tajribali davlat arbobi sifatida qo'shgan munosib hissangiz evaziga qozongan yuqori ishonch va hurmatni tasdiqlaydi", — deya maktubda qayd etildi.

Ta'kidlandanidek, 1991 yil 31 dekabrda Germaniyaning mamlakat mustaqilligini birinchilardan tan olgani O'zbekistonda yuqori baholanadi. O'tgan yillar hamda muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasi O'zbekiston va Germaniyaning bir-biridan o'zaro manfaatdor ekanligini namoyish etdi.

O'zbekiston ikki va ko'p tomonlama munosabatlarning barcha masalalari bo'yicha ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama va o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, birinchi galda, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek yaqin madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishga ishonadi.

Davlat rahbari Frank-Valter Shtaynmayerni o'ziga qulay vaqtda O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali