Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Sirdaryo yo'llari yanada ravonlashmoqda

21951 20-Sentyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 120 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 sentyabrdagi "2015-2019 yillarda Guliston shahrining meliorativ holatini yaxshilash va yer osti   suv sathini kamaytirish, arxitektura-rejalashtirish qiyofasini tubdan  yaxshilash bilan birgalikda ijtimoiy, transport va muxandislik  infratuzilmasini  rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi  PQ-2401-sonli  qarori ko'plab infratuzilma ob'ektlari qatori Mirzacho'l bag'rida joylashgan sarhadlardagi yangi yo'l va magistrallar tarmoqlari qurilishiga ham imkon yaratadi.

Bugungi kunda mazkur qaror izchil amalga oshirilmoqda. Natijada viloyat hududidan o'tgan xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llarini rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash, shuningdek, Guliston shahridagi yo'llarni yangidan qurish va ularning ta'mirlash bo'yicha ko'plab loyihalar amaliyotga joriy qilindi. 

Jumladan, bugungi kunga qadar M-34 "Toshkent-Yangier" avtomobil yo'lining 117-km da joylashgan yo'l o'tkazgichni, 4R-27 "Guliston shahri-Dehqonobod qishlog'i" avtomobil yo'lining 5 km qismini, "Do'stlik" kanali ustida joylashgan 72 pm uzunlikdagi ko'prikni rekonstruktsiya qilish va boshqa ishlar davom ettirilmoqda.

"Bundan tashqari, Guliston shahridagi "Mustaqillik" ko'chasini 2 km uzunlikda 4 polosada, "Birlashgan" ko'chasini 1,8 km uzunlikda 4 polosada qayta qurish, bu ko'chalarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ham olib borilmoqda", - deydi "Sirdaryoavtoyo'l" tashkiloti direktori Sobirjon Nazarov.

Yuqoridagi ishlar bilan bir qatorda ayni kunda shahardagi "Namuna", "Istiqlol" maxallalari ko'chalarini, yangi qurilayotgan bozor majmuasining janubiy qismidagi yangi G-40 avtomobil yo'lini qurish, "O'zbekiston", "Sayhun" va "Xalqlar Do'stligi" ko'chalarini rekonstruktsiya qilish bo'yicha ham loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. 

Yo'lsozlar ta'mirlash ishlari bilan bir qatorda ko'chalarda lotok, bordyur, tungi yoritgichlar o'rnatish, piyodalar yo'lakchasi barpo etish, ba'zi joylarda esa qo'shimcha asfaltbeton qoplama qurish ishlarini bajarishyapti.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali