Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Tabiiy ofat buzgan ko'prik qayta qurildi

9814 3-Iyul, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 220 Kb)


Surxondaryo viloyatidagi tabiiy ofat, ya'ni sel toshqini natijasida jiddiy talofot ko'rgan ko'prik yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Gap – 4R-105 "Darband-Boysun-Elbayon" avtomobil yo'lining 51-kilometrida joylashgan ko'prik haqida ketmoqda. Sel oqibatida mazkur ko'prikka jiddiy shikast yetgan edi. Qurilish ishlari Surxondaryo viloyat ko'priklardan foydalanish korxonasi ishchilari tomonidan bajarildi.


Shuni aytish kerakki, Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibidagi korxonalarda tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo'yicha ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi 4R-100 avtomobil yo'lining 134-kilometridagi – Qumqo'rg'on tumani hududidagi ko'prikda ham qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Yaqin davrda ushbu ko'prik ham qayta foydalanishga topshiriladi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali