Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

TANLOVDA QATNASHISH UCHUN TAKLIFNOMA

10956 15-Dekabr, 2014 Chop etish Yuklab olish (PDF 13 Kb)

Hurmatli janoblar!
"O'zavtoyo'l" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Sizlarni

"O'zavtoyo'l" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mir etish uchun yo'l-ta'mir texnikalari sotib olish" investitsion loyihasini tadbiq etish doirasida, kompaniya tizimidagi korxonalar uchun yo'l-ta'mir texnikalari sotib olish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun sotib olinishi mo'ljallanayotgan, quyida ro'yxati keltirilgan texnikalar bo'yicha rasmiy buyurtma berilishi lozim. Aynan shu pozitsiyalar bo'yicha texnikalar tanlov asosida sotib olinadi:

Texnikalarnomlanishi

Soni

17 tngachabuldozer

75

22 tngachabuldozer

16

Pnevmog'ildiraklikatok (14-16 tn )

76

8 tnog'irlikdankambo'lmaganvibrakatok

109

500 mmliyo'lfrezasi

74

O'rtachaturdagiavtogreyder

167

Gusenitsaliekskavator (1,2-1,5 m3)

48

G'ildirakliekskavator (1,0 m3)

94

Avtokran 30 tn

30

Avtokran 50 tn

15

3,0 m3dankambo'lmaganfrontalyuktashuvchi

108


Tanlovda yuqoridagi texnikalarni bevosita ishlab chiqaruvchi yoki shu mahsulotlarni ishlab chiqaradigan firma va kompaniyalarning O'zbekiston Respublikasidagi rasmiy distribyuterlari, shuningdek, yurtimiz hamda xorijiy tashkilot va firmalari ishtirok etishlari mumkin. Ular mahsulotlari uchun: tegishli sertifikatga, yo'l-ta'mir texnikalarini to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berish bo'yicha tajribaga, yuksak malakali mutaxassislar va maxsus moslashtirilgan uskunalarga, ehtiyot qismlari uchun maxsus omborxonaga ega bo'lishlari talab etiladi.

Yetkazib berilayotgan mahsulotlar, ularning markirovkasi va qadog'I ISO 9001 (yoki mahsulot ishlab chiqaruvchi davlatning ushbu standartga tenglashtirilgan) sifat standartiga javob beradigan, texnikalar O'zbekistonda ekspluatatsiya qilinishida iqlim sharoitining o'ziga xosliklari e'tiborga olingan holda yuqori sifat ko'rsatkichiga ega bo'lishi talab etiladi.

Mahsulotlarning kafolat muddati 1 yildan kam bo'lmagan va yoxud ekspluatatsiya qilinishidan boshlab 1500 moto soatga ega bo'lishi lozim.

Tanlov jarayonlarida: qayta tashkil etilayotgan (bo'linayotgan yoki birlashayotgan); tugatish va bankrot holatidagi; mol-mulkiga ta'qiq qo'yilgan; bir-biridan moliyaviy, xolding shakllarida muassislik jihatlari bilan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy bog'liq bo'lgan talabgorlar ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi.

To'lov va yetkazib berish shartlari, shuningdek, kvalifikatsiyadan o'tganlikka qo'yiladigan batafsil ma'lumotlar, taklif hujjatlarini tayyorlash va taqdim etish bo'yicha barcha ma'lumotlar tanlovga qatnashish bo'yicha da'vogarlarning Buyurtmasiga aks etgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun TQB (tanlovda qatnashish buyurtmasi) ni quyidagi manzildan so'rab olish mumkin: Toshkentsh., Mustaqillikko'chasi 68-uy, "O'zavtoyo'l" DAKbinosi, 217-xona. (mo'ljal metroning Hamid Olimjon beka–i. Tel.: (+998 71) 237-26-05, faks: (998 71) 239-14-06. E-mail: info@uzavtoyul.uz.

Takliflarni qabul qilishning so'nggi muddati – 2014 yil 29 dekabr, Toshkentvaqtibilan 17-00.

Hamkorlikdagi ishingizga omad tilaymiz.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali