Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Tanlovga qatnashish uchun chaqiruv taklifi

2318 16-Iyun, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 14 Kb)

  Loyihalash va tadqiqot ishlarini bajarish va ishchi loyihani ishlab chiqish uchun "OTB ishtirokidagi "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" A-380 avtomobil yo'lining  "964-1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida Jamiyatni rivojlantirish markazlari qurilishi" – obyekti bo'yicha.

    O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan moliyalashtirilgan gender va ijtimoiy sohalarni o'z ichiga olgan qator yo'l loyihalarini amalga oshirmoqda. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 964-1204 km qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida loyihaning ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslariga ko'ra Qoraqalpog'iston va Jasliq shaharchalarida 2 ta Jamiyatni rivojlantirish markazi binosi hamda qurilish paketi doirasida quriladigan qisqa muddatli dam olish maskanlarida 5 ta savdo rastalari qurilishining loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish va ishchi loyihasini ishlab chiqish bo'yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqildi. 

    Loyiha tashkiloti Osiyo taraqqiyot bankining tartib-taomillariga muvofiq tanlab olinadi.

    Qiziqish bildirgan tashkilotlar, xizmat ko'rsatish uchun kerakli malaka va muvofiqlik ko'nikmalariga ega bo'lganligi to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishlari zarur bo'ladi.

    To'liq ma'lumot va texnik topshiriqni OTB CSRN www.csrn.adb.org  veb-saytidan olish mumkin. 

     Qiziqish bildirishnomalari 15.07.2022 yilgacha OTB CSRN www.csrn.adb.org  sayti orqali yuborilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumotni pastda ko'rsatilgan manzil bo'yicha olish mumkin:

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Mustaqillik Shoh Ko'chasi, 68а, 611-xona.

Toshkent, O'zbekiston Respublikasi

Elektron Pochta: mff-pmu-240@mail.ru

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali