Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisiga bag'ishlandi

8306 20-May, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


O'zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raisligi doirasida joriy yilning 23-24-may kunlari Toshkent shahrida ushbu tashkilotga a'zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo'ladi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizda mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari A.Nosirov jurnalistlarga ushbu majlisga tayyorgarlik jarayoni, yig'ilish kun tartibi, muhokama etiladigan masalalar haqida ma'lumot berdi. 

ShHT faoliyatida tashqi ishlar vazirlari kengashi alohida o'rin tutadi. Ushbu kengash ShHT organlari qarorlari ijrosini va umumiy muvofiqlashtirishni ta'minlovchi markaziy bo'g'in hisoblanib, tashkilot doirasida hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha turli yo'nalishlarda takliflar kiritadi. 

Ta'kidlanganidek, majlisda tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari tomonidan shu yil iyun oyida Toshkentda o'tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishining kun tartibi loyihasi, sammitda imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar ko'rib chiqiladi. 

Tashkilot doirasini kengaytirishda ShHT faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratish mo'ljallanmoqda. Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida Hindiston va Pokistonni ShHTga a'zolikka qabul qilish bo'yicha ushbu davlatlarning vakolatli vakillari bilan olib borilayotgan muzokara jarayoni ko'rib chiqiladi. 

Majlisda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, ShHTni boshqa xalqaro tuzilmalar bilan aloqalarini kengaytirish, ShHTning kuzatuvchi davlatlari va muloqot bo'yicha sheriklarini tashkilot doirasida amaliy hamkorlikka keng jalb etish masalalari muhokama qilinadi. 

Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash sohasida Shanxay hamkorlik tashkiloti oldida turgan vazifalar, ShHTga a'zo davlatlarning barqaror rivojlanishini ta'minlash, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlarni qabul qilish, madaniy va iqtisodiy sohalarda o'zaro hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar muhokama etilishi kutilmoqda. 

O'zA

Havola:http://uza.uz/uz/society/tashqi-ishlar-vazirlari-kengashiga-bag-ishlandi-20-05-2016

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali