Tender savdolarida qatnashish uchun e'lon
Sana: |
2021 yil 9 Sentyabr |
Qarz bitimi nomeri va nomi: |
53312-001-UZB: 4R105 "Darband – Boysun – Elbayon"
avtomobil yo'lining 5 - 70 km qismini va 4R100 "Mang'uzor – Jarqo'rg'on – Bandixon
– Oltinsoy – Denov" avtomobil yo'lining 128 - 174 km qismini rekonstruksiya qilish
loyihasi |
Shartnoma nomeri va nomi: |
i) SRRP/CW-01: 4R105 avtomobil yo'lining
5 – 37,5 km qismini rekonstruksiya qilish, shuningdek WIM tizimini loyihalash,
yetkazib berish va o'rnatish. ii) SRRP/CW-02: 4R105 avtomobil yo'lining 37,5 – 70 km qismini
rekonstruksiya qilish iii) SRRP/CW-03: 4R100 avtomobil yo'lining 128 –
174 km qismini rekonstruksiya qilish, shuningdek WIM tizimini loyihalash, yetkazib berish va o'rnatish. |
Takliflarning
qabul qilinish yakuniy muddati: |
2021
yilning 30 noyabr,
soat 15:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) uzaytirildi. |
O'zbekiston Respublikasi tomonidan
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablag'lari hisobidan 106,4 km uzunlikdagi 4R105 "Darband
– Boysun – Elbayon" avtomobil yo'lining 5 - 70 km qismini va
4R100 "Mang'uzor – Jarqo'rg'on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo'lining
128 - 174 km qismini sement-beton qoplamali yo'lga o'tkazgan holda rekonstruksiya
qilish loyihasini moliyalashtirish so'ralgan. Ushbu mablag'ning bir qismi qurilish-montaj
ishlarini bajarish bo'yicha shartnoma to'lovlariga yo'naltiriladi.
Tender
ishtirokchilari tender hujjatlarida ko'rsatilgan bir yoki bir nechta shartnomalar
bo'yicha qatnashishlari mumkin. Agar bir nechta shartnoma tuziladigan bo'lsa, chegirmalar
berishni istagan ishtirokchilarga ruxsat beriladi, agar ushbu chegirmalar taklif
xatiga kiritilgan bo'lsa.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi (Buyurtmachi) munosib qatnashchilardan quyidagi yo'llarni qurish va yakunlash ishlari ("ishlar") uchun muhrlangan takliflarini topshirishga taklif qiladi. Qurilish ishlarining umumiy tavsifi va tender qatnashchilarining asosiy malaka mezonlari quyida keltirilgan (qo'shma korxona sifatida faoliyat olib borayotgan korxonalarga ushbu mezonlarni qo'llash usuli tender hujjatlarida batafsil keltirilgan). Shartnoma bo'yicha har bir belgilangan Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish muddati 730 kunni tashkil qiladi.