Toshkent yo'llaridagi ta'mirlash ishlari davom etmoqda
Avval xabar qilganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo'l jamg'armasi boshqaruv kengashi tomonidan 2017 yilning 7 mart kuni tasdiqlangan "2017 yilda Toshkent shahri tumanlarining yo'l infratuzilmasini rivojlantirishning manzilli dasturi"ga muvofiq poytaxt ko'chalaridagi ta'mirlash ishlari davom etmoqda.
Hozirgi lavhada qo'mita tarkibidagi faqat birgina tashkilot – "Transyo'lqurilish" DUK tomonidan Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlasak.
Ayni vaqtga qadar korxona tomonidan poytaxtning beshta tumanidagi bir qator ko'chalarda – umumiy hisobda 11,81 km uzunlikdagi yo'llar joriy va to'la ta'mirlandi. Bunda - 207000 m² joyga asfalt yotqizildi, 3060 p/m lotoklar, 8840 p/m bordyurlar o'rnatildi va boshqa obodonchilik ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, Olmazor tumanidagi - "Talabalar" ko'chasida 2,86 km, "Muxbir" ko'chasida 1,3 km, "Beshqo'rg'on" ko'chasida 1,7 km, Uchtepa tumanidagi - "Guliston" ko'chasida 2,1 km, "Qurilish" ko'chasida 1,6 km, Chilonzor tumanidagi Cho'ponota ko'chasida 1,1 km, Mirobod tumanidagi "Turkiston" ko'chasida 0,9 km, Mirzo Ulug'bek tumanidagi Maxtumquli ko'chasida esa 0,25 km yo'llar ta'mirlandi.
Quyidagi fotosuratlarda "Transyo'lqurilish" DUK tomonidan poytaxtda amalga oshirilgan yuqoridagi ishlarning ayrim misollari aks etgan:
Bugungi kunda boshqa ko'chalardagi yo'l qurilishi va ta'mirlash jarayonlari dastur bo'yicha davom ettirilmoqda.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati