Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Toshkentdagi birinchi meva-sabzavot yarmarkasi

10759 10-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 168 Kb)


Poytaxtimizda 8−10-noyabr kunlari birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo'lib o'tmoqda.

8-noyabr kuni Toshkentdagi "O'zekspomarkaz"da birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi boshlandi. Unda 31 davlat vakillari mamlakatning meva-sabzavot mahsulotlari sohasidagi salohiyatini o'rganish maqsadida ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar qatorida qayta ishlash va savdo kompaniyalari, savdo tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi vazirlik va idoralar, logistika kompaniyalari vakillari ham yarmarka ishi bilan tanishmoqda.

"Yarmarka oldida turgan eng muhim vazifa xorijlik sheriklarni O'zbekiston agrosanoat majmuasi imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda chet eldagi qayta ishlovchi korxonalar va importchilar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat", — dedi forum ochilishida bosh vazir o'rinbosari Ulug'bek Roziqulov.


"Газета.uz"

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali