Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Toshkent-Dushanbe aviareyslari yanvardan qayta tiklanadi

8953 1-Dekabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 19 Kb)


"O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

O'zbekiston va Tojikiston aviatsion hukumatlari yanvardan aviaqatnovlarni qayta tiklash bo'yicha kelishuvga erishdi.

30-noyabr kuni Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari o'rinbosari Oleg Lim boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi vakillari ham o'rin oldi.

Tojikiston poytaxti aeroporti matbuot xizmatining xabar qilishicha, O'zbekiston aviatsion hukumati vakillari "Dushanbe" xalqaro aeroporti faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar uchun perron, yangi xalqaro yo'lovchi terminali, CIP-zal va parvoz zali bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

Tojikiston Transport vazirligida hamkorlik hamda Toshkent va Dushanbe o'rtasida aviaqatnovlarni qayta yo'lga qo'yish to'g'risidagi Protokol imzolangan. Birinchi parvozning 2017-yil yanvarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Imzolangan protokolga muvofiq, Tojikiston tomonidan "Somon-Eyr", O'zbekiston tomonidan — "O'zbekiston havo yo'llari" haftasiga ikki marotaba aviareyslarni amalga oshiradi.

Qayd etib o'tamiz, ikki mamlakat o'rtasidagi aviatsiya qatnovlari 1992-yilda to'xtatilgan edi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali