Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Xalqaro avtokarvon ishtirokchilari – O'zbekistonda

7456 22-Avgust, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


Joriy yilning 21-26-avgust kunlari mamlakatimiz avtomobil yo'llari orqali Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Hukumatlararo kengashi tomonidan tashkillashtirilgan "Xavfsiz yo'llar" – MDH davlatlari avtomobil yo'llaridagi yuklar va yo'lovchilar tashishning ko'payishi yo'lida" deb nomlangan avtokarvon o'tadi.

Alohida ta'kidlash lozimki, bu kabi tadbirning O'zbekistonda ilk bor o'tkazilayotgani – mamlakatimizning barcha sohalarda, jumladan, yo'l-kommunikatsiya tarmoqlarida ham ochiq va shaffof siyosatni qo'llayotgani, shu bilan birga jahon hamjamiyatiga tobora ko'proq integratsiyalashayotganining yana bir dalilidir.

MDH xalqaro avtomobil yo'llari tarmog'i Hamdo'stlikning 1998-yil 11-sentabrdagi Xalqaro avtomobil yo'llari bo'yicha qabul qilgan bayonnomasiga binoan belgilangan bo'lib, o'z ichiga – g'arbiy-sharqiy va shimoliy-janubiy yo'nalishlardagi shaxobchalarga bo'lingan va birlashtiradigan – asosiy va oraliq yo'llar tizimini qamrab oladi. Hamkorlik, integratsiya va do'stlik – dunyo, jumladan, MDH mintaqalaridagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va boshqa sohalardagi rivojlanishning muhim omillaridan bo'lib qolmoqda. 

Avtokarvon tashkil etilishidan ko'zlangan asosiy maqsad – xalqaro tashuvlarda barerlar va tor o'tish joylaridagi yo'llarning shart-sharoitlarini, xalqaro toifadagi avtomobil yo'llarining texnik-foydalanish holatini o'rganish, yordamchi infratuzilmalar, jumladan, chegaralardagi o'tkazuv puntklariga texnik baho berish, shu bilan birga davlatlararo a'zo davlatlarning sohaga tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashuv va maslahatlashuvlar o'tkazishdan iborat. 

Joriy yildagi avtokarvon 6-avgustdan 26-avgustga qadar o'tkazilishi mo'ljallangan bo'lib, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston Respublikalari hududidan o'tishi ko'zda tutilgan edi. Karvonning bu yilgi final qismi O'zbekistondan o'tadi. Ishtirokchilar 21-avgust kuni O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasidagi "Do'stlik" chegara postida tantanali kutib olindilar. 

Avtokarvon quyidagi manzillarni o'z ichiga oladi:

Moskva – Qozon – 830 km;

Qozon – Ufa – Chelyabinsk – Kurgan – Petropavlovsk – Kokshetau – Shuchinsk – Ostona – 2000 km;

Ostona – Olmaota – 1200 km;

Olmaota – Karakol – 380 km;

Karakol – Cho'lponota – Balikchi (Qirg'iziston) – 230 km;

Balikchi – Norin – Jalolobod – O'sh – 550 km.

Shuningdek, avtokarvonning O'zbekiston hududidan o'tishi ko'zda tutilgan qismi uzunligi – 980 kilometrni tashkil etib, u Andijon – Toshkent – Samarqand – Navoiy – Buxoro yo'nalishida kuzatiladi. 

2018-yilning 6-avgustida Moskva shahrida start olgan Xalqaro avtokarvon 26-avgustda ko'hna Buxoroda yakuniga yetadi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali