Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir

20931 28-May, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 28 Kb)


Joriy yilning 28 may kuni "O'zavtoyo'l"AK tizimidagi Avtomobil yo'llari ilmiy tadqiqot instituti (AYITI)da 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbir doirasida "Asfaltga tushirilgan eng yaxshi surat" tanlovi bo'lib o'tib, unda institutda faoliyat yurituvchi xodimlarning eng kichik oila a'zolari ishtirok etishdi. Jajji bolakaylar o'zlarining bor mahoratlarini namoyish etishga bel bog'lab, bir-biridan chiroyli rasmlar chizishar ekan, yuzlarida bayram nashidasi aks etib turardi.

Tadbir xususida AYITI direktori Oybek Ziyaev shunday deydi:  

-Mustaqillik yillarida tashkil etilgan institutimiz o'z faoliyati davrida yo'lsozlik sohasida ko'plab tadqiqotlar o'tkazdi, yangiliklar kiritdi. Institutda soha rivojiga o'z hassasini qo'shish yo'lida izlanishlar olib borayotgan 50 ga yaqin yuqori ilmiy salohiyatga ega kadrlar ishlab kelmoqda. Ularning ishchanlik qobiliyatini yanada oshirish, jamoa ahilligini ta'minlash maqsadida muntazam ravishda bayram tadbirlarini o'tkazib kelamiz. "Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturi doirasida, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bugungi tadbirimiz, xodimlarimizning farzandlari, nevaralari o'rtasida ham do'stona munosabatlar o'rnatilishiga xizmat qilmoqda.  

Darhaqiqat sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash davr talabi. Farzandlarimizning nafaqat jismonan, balki ma'nan va ruhan sog'lom bo'lishlarida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta. 

Tadbir so'ngida rasmlar tanlovida faol ishtirok etgan bolajonlarga bayram sovg'alari topshirildi. Sovg'alarga qo'shimcha tarzda "Premier Hall Cinema" kinoteariga multfilm tomoshasiga borish uchun berilgan chiptalar bolajonlarni ayniqsa quvontirdi. 

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali