Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Xalqaro press-klubda mintaqa transport yo'laklari istiqbollari

7736 18-Sentyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 207 Kb)


Ma'lumki, 2018-yilning 20-21-sentabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo xalqaro transport yo'laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar" mavzuidagi xalqaro konferentsiya bo'lib o'tadi. Xalqaro Press-klubning 17-sentabrda o'tkazilgan navbatdagi sessiyasi shu voqeaga bag'ishlandi va unda Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliev ishtirok etdi.

Xalqaro konferentsiyani yuqori saviyada o'tishini ta'minlash va unga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida Qo'mita tomonidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning har bir bandi bo'yicha mas'ullar belgilangan va tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xalqaro konferentsiyaga yo'l qurilishi va eksplutatsiyasi sohasidagi chet el xamkorlarining 50 kishilik ro'yxati shakllantirildi va Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklariga taqdim etildi. 

Taklif etilgan mehmonlar orasida – Xalqaro yo'l federatsiyasi vakillari, TRASЕKA Hukumatlararo komissiya bosh kotibi, Xalqaro yo'l assotsiyasining bosh kotibi, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari, Singapur transport va kommunikatsiya vazirligi, Yaponiya, Germaniya, Turkiya hamda Markaziy Osiyoning yo'l sohasidagi kompaniyalari top-menedjerlarini kiritish mumkin.

Konferentsiyaga tayyorgarlik doirasida – yo'l sohasida bajarilayotgan ishlar, xalqaro marshrutlar, ularni yanada rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar, yangi xalqaro marshrutlarini ochish, avtomobil yo'llari holatlari hamda yo'llarni ta'mirlash uchun xalqaro moliya institutlar bilan olib borilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar tashkilotchilarga hamda taklif etilgan mehmonlarga taqdim etildi.

Anjumanga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida – Tashqi savdo vazirligi boshchiligida tuzilgan Operativ shtabga qo'mita tomonidan doimiy asosda ishlaydigan 4 nafar xodim ajratildi.

Bugungi kunga qadar qo'mita tomonidan taklif etilgan mehmonlarning 27 tasi – Xalqaro konferentsiyada ishtirok etishlarini tasdiqladi va konferentsiyani o'tkazish bo'yicha yaratilgan saytdan ro'yxatdan o'tdilar.

Shuni ta'kidlashni istardimki, Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi Konferentsiya doirasidagi 3-chi sektsiya majlisida qatnashadilar. Mazkur sektsion yig'ilish qatnashchilari soni 110 ta bo'lib, unda xorijiy mehmonlardan 71 ta, O'zbekiston tomonidan esa 39 ta mutaxassis ishtirok etadi.

Shu bilan birga, TRASЕKA Hukumatlarro komissiyasi bosh kotibi Mircha Chiopra va Singapur transport vaziri o'rinbosari Kelvin Fua yuqorida ko'rsatib o'tilgan sektsiya majlisida o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishganini ma'lum qilganlar.

Respublikamizdagi jami avtomobil yo'llar tarmog'i qariyb 184 ming km uzunlikda bo'lib, undan 42676 kilometri – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari, 116560 km - ichki xo'jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yo'llari, 24750 km esa - idoraviy inspektorlik yo'llari tarmog'i hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga asosan tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasiga - avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish, avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash, avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish hamda boshqa vazifalari va faoliyat yo'nalishlari yuklatilgan.

So'nggi davr ichida avtomobil yo'llari qurilishi hamda ta'miri sifatiga yondashuv tubdan o'zgardi. Shu maqsadda - zamonaviy transport qatnovini inobatga olgan tarzda, avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini o'zida aks ettirgan, avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish, ta'mirlash, bu ishlarni moliyalashtirish masalalarini o'zida qamrab olgan kompleks tizim ishlab chiqildi.


So'nggi ikki yil ichida jahon miqyosida avtotransport vositasida yuklarni tashish hajmi 50,8 foizdan – 70,6 foizga oshgan. Shundan kelib chiqqan holda, transport-tranzit avtomobil yo'llaridan samarali foydalanish – har qanday davlat uchun ulkan daromad manbaidir. 

2017-yilning oxirida O'zbekiston – Markaziy Osiyodagi transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishning yagona dasturini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi. Qo'shnilarimiz bilan samimiy aloqalar tiklangani esa ko'p sohalar qatori ular bilan hamkorlikda yangi avtomobil yo'llari qurish, u orqali xorij davlatlariga yo'l ochish, ayni paytdagi avtomobil yo'llarini esa birgalikda ta'mirlab, foydalanish kabi g'oyat samarali ishlar haqida kelishib olinmoqda.

Bularning natijasida yuklarni avtomobil yo'llari orqali tashish hajmi – o'tgan yil yakunlariga ko'ra 1,04 milliard tonnani tashkil etib, bu – oldingi yilga qaraganda 3,7 foizga ko'p. Tranzit yuklarni tashish hajmi ham yildan-yilga ortib bormoqda. 

Bugungi kunda O'zbekistonda 10 ta xalqaro transport yo'laklari hamda ushbu yo'nalishlardagi avtomobil yo'llarini ta'mirlash, qayta qurish va foydalanish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz bu boradagi 11 xalqaro konventsiya a'zosi hisoblanadi, 29 davlat bilan sohaga tegishli shartnomalarga imzo chekkan.

Ushbu tadbirlar doirasida – O'zbekiston Respublikasi hududidan xalqaro yuklarni tashishga mo'ljallangan 52 ta avtomobil yo'llari belgilangan.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali