Xalqaro sertifikat topshirildi
2019 yil dekabr oyida "Cert International" xalqaro sertifikatlash tashkiloti qo'mita tizimidagi "Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot instituti" unitar korxonasiga xalqaro sertifikat topshirdi.
Gap shundaki, diagnostika, yo'lning pasporti, avtomobil yo'llarini loyihalash, yo'l infratuzilmasi va avtomobil yo'llar kadastrini yaratish va yuritish, shuningdek, ma'lumotlar bankini shakllantirish, umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish va sohaga tadbiq qilish, laboratoriya sinovlari, yo'l qurilishi materiallari va yo'l qurilishi sifatini nazorat qilish sohalariga oid O'zDSt ISO 9001:2015 milliy standarti va ISO 9001:2015 xalqaro standartiga mosligi bo'yicha muvofiqlik sertifikatlarini topshirildi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
matbuot xizmati