Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Xovosda yo'llar ta'mirlanadi

6494 10-May, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 19 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi "2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani yangi markazini qurish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 380-sonli qarori bilan 2019-2020-yillar davomida bajariladigan ishlar qatorida – yo'l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish tadbirlari ham belgilab berildi. 

Unga ko'ra quyidagi ishlar bajariladi:

- Xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yo'lining 145-152 km qismini rekonstruksiya qilish;

- Davlat ahamiyatidagi 4Р44A "Xovos temir yo'l stantsiyasi shahobchasi" avtomobil yo'lining 0-2 km qismini ta'mirlash;

- Tuman markazi ko'chalarini, yangi quriladigan ko'p vaqatli uylarning kirish va ichki yo'llarini, jami 46 km yo'llarni to'liq va joriy ta'mirlash.

Yuqoridagilardan tashqari A376 "Qo'qon-Jizzax" avtomobil yo'lining 219-242-km qismida – yo'l yoqasini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va sug'orish tizimini tashkil etish kabi ishlar ham bajariladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali