Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yangilanayotgan Xorazm yo'llari

17417 25-Oktyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 613 Kb)


Bugungi kunda Xorazm viloyatidagi yo'l xo'jaligi korxonalariga qarashli jami 2210 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari mavjud bo'lib, shundan 113 km - xalqaro, 706 km - davlat va 1391 km - mahalliy ahamiyatdagi yo'llar hisoblanadi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida faqat mintaqaviy emas, balki umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llarini ham qurish va tubdan ta'mirlashning 2017-2018 yillarga mo'ljallangan yangilangan  dasturi ham tasdiqlangan. 


Ushbu qaror ijrosi yuzasidan ayni kunda Xorazm viloyatidagi avtomobil yo'llari ham qayta qurilib, joriy ta'mirdan chiqarilmoqda.

Jumladan, viloyatdagi 4r161 "Urganch sh. - Cholish k. - Beruniy sh." yo'lining Amudaryo ustidagi ko'prikning kirish-chiqish yo'llarini qurish, 4р157 "Urganch sh. - Yangiariq sh." avtomobil yo'lining 0-8 km qismini qayta qurish, davlat ahamiyatida bo'lgan – 4р156 "Urganch-Xonqa-Hazorasp-Toshsaqa orqali-Amudaryo" avtomobil yo'lining 50-62 km qismini, 4р158 "Urganch-Xiva" avtomobil yo'lining 13-20 km qismini, 4р160 "Urganch-Gurlan-Mang'it-Turkmaniston chegarasi" avtomobil yo'lining 0-5 km qismini va 4р162 "Urganch aylanma yo'li" avtomobil yo'lining 3-6 km qismini to'la ta'mirlash ishlari bo'yicha ishlar davom etmoqda.


Viloyat Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi bosh muhandisi A.Qurbonboevning ma'lumot berishicha, Urganch shahridagi "Sayot", "Xonqa", "Tinchlik", "Amudaryo", Sheroziy va G'ofur G'ulom ko'chalaridagi to'la ta'mirlash, Al-Xorazmiy va Beruniy ko'chalari oralig'i hamda Xiva  shahrining markaziy ko'chalari yangidan qurilishi, Shovot tumanidagi K.Otaniyozov va Jaloliddin Manguberdi ko'chalarida joriy ta'mirlash ishlari bajarilib, natijada ta'mirlangan va yangidan qurilgan ko'chalar uzunligi 10 km ga yaqinlashdi.


Yuqoridagilardan tashqari 2017 yilning 9 oylik yakunlariga ko'ra, viloyatdagi 147,2 km ichki yo'llar ham ta'mirlandi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali