Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yaponiya Bosh vazirining O'zbekistonga tashrifiga doir

8293 24-Oktyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 16 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 2015-yil 24-26-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo'ladi. 

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishga oid keng ko'lamli masalalarni, mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir dolzarb muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Tashrif yakunlari bo'yicha tomonlarning Qo'shma bayonoti qabul qilinishi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa ko'plab hujjatlar imzolanishi mo'ljallangan. 

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali