Yo'llar: so'nggi yillardagi o'zgarishlar
Quyida e'tiboringizga 2016-2018-yillar davomida mamlakatimizdagi avtomobil yo'llari qurilishi, ta'miri hamda yo'l texnikalari sotib olinishida sodir bo'lgan o'zgarishlarni – raqamlar orqali havola etamiz.
1. Respublika bo'yicha avtomobil yo'llarida bajarilgan qurilish, rekonstruksiya, ta'mirlash va saqlash ishlari:
2016-yilda – 4 215,9 km
2017-yilda – 6 976,6 km
2018-yilda – 10 206,5 km.
2. Soha uchun sarflangan mablag'lar:
2016-yilda – 2 021,2 mlrd. so'm;
2017-yilda – 2 404,2 mlrd. so'm;
2018-yilda – 4 459,6 mlrd. so'm.
3. Mamlakatdagi ta'mirlangan ichki xo'jalik yo'llari:
2016-yilda – 1 430,8 km;
2017-yilda – 3 240,4 km;
2018-yilda – 6 757,6 km.
4. Qishloq hududlaridagi namunali uy-joylarga olib boradigan yangi yo'llar qurilishi:
2016-yilda – 70,3 km;
2017-yilda – 208 km;
2018-yilda – 244,1 km.
5. Yo'l xo'jaligi uchun xarid qilingan yangi texnikalar:
2016-yilda – 104 dona;
2017-yilda – 252 dona;
2018-yilda – 310 dona.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 2018-yilning o'zida – "Obod qishloq" Davlat dasturi bo'yicha 2 514,6 km, "Obod mahalla" Davlat dasturi bo'yicha esa 274,6 km ichki xo'jaliklararo avtomobil yo'llari hamda shahar ko'chalari ta'mirlandi.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati