Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'lsozlar giyohvandlikka qarshi

13328 6-Oktyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 219 Kb)


"O'zavtoyo'l" DAKda kompaniya hamda tizim tashkilotlari ishchi va xizmatchilari ishtirokida "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzuida tadbir bo'lib o'tdi.

                Kompaniya rahbariyati va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda jahonda kechayotgan bugungi vaziyatga terrorizm va giyohvandlik kabi ofatlarga nisbatan o'z munosabatimiz bo'lishi zarurligi, bu ofatlarga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz bo'lmog'i kerakligi haqida so'z bordi. 

                O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi bo'lim boshlig'i Shuhrat G'ulomov o'z chiqishida bugungi kunda asr ofatiga qarshi kurashish bo'yicha Davlat dasturlari qabul qilinayotgani, mazkur dasturlarning amaliy hayotga tadbiqi natijasida minglab yurtdoshlarimiz hayoti saqlab qolinayotgani, Respublikamizda har yili 26 iyun – giyohvandlikka qarshi kurash kuni sifatida o'tkazilayotgani, bu borada targ'ibot-tashviqot ishlarining ham o'z o'rni borligi haqida gapirib, bugungi tadbir ham yurtdoshlarimizni ogoh bo'lishga chaqiruv ekanini ta'kidladi. Notiq o'z so'zida O'zbekistonning jo'g'rofiy jihatdan Markaziy Osiyoda qulay o'rinda joylashuvi, uning narkotik moddalar yetishtirish bo'yicha jahonda yetakchi mamlakat hisoblangan - Afg'oniston bilan qo'shni ekani, buning ustiga yurtimizdagi avtomobil yo'llarining kundan-kunga ravon bo'lib, jahon standartlariga yaqinlashib, yuk va yo'lovchi tashish uchun har tomonlama qulay bo'lib borayotgani jinoyatchi narko-kur'erlarga emas, Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligi haqida so'z yuritdi. 

                Tadbirda yig'ilganlar e'tiboriga sintetik narkotik modda – "spays" og'usining noqonuniy savdosi bilan shug'ullanganlarning huquq-tartibot organlari tomonidan qo'lga olingani va bu baloning yoshlarimiz kelajagiga tahdid solishidan ogoh etuvchi hujjatli film namoyish qilindi.

"O'zavtoyo'l" DAK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali