Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'lsozlar Navro'zni bayram qilishdi

11526 23-Mart, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 1102 Kb)


O'zbekiston Avtomobil yo'llari Davlat qo'mitasi majlislar zalida "O'lkamizga xush kelding, Navro'z!" mavzuida madaniy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda qo'mita raisi A.Abduvaliev yig'ilganlarni yaqinlashib kelayotgan bahor, uyg'onish va ko'klamgi tenglik bayrami bo'lmish – Navro'zi olam bilan tabriklab, bu bayram mamlakatimizda yashayotgan millati, tili, dinidan qat'i nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangani, mamlakatimiz ahli umumiy uyimiz – O'zbekistonimiz ravnaqi yo'lida barcha sohalarda fidokorona mehnat qilayotgani, iqtisodiy taraqqiyotga o'zlarining munosib ulushlarini qo'shib kelayotgan yo'lsozlarning bugungi mehnati – tinchlik va barqarorlik hukm surayotgan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa bo'lib qo'shilayotganini ta'kidladi.


O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Bobur Bobomurod o'z chiqishida xalqimizning necha asrlik bayrami bo'lmish – Navro'zi olam istiqlol sabab xalqning o'ziga qaytarilganini aytib, barchani ushbu ulg' ayyom bilan qutlarkan, borliqdagi uyg'onish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut-baraka, to'kinlik va mehru oqibat ramzi – Navro'zi olam kelganidan darak berganini so'zladi. Bayramda o'zining diltortar she'rlaridan o'qib berdi.


O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbek Milliy akademik drama teatrining aktrisasi Xosiyat Husanovaning chiqishi barcha yig'ilganlarning yuziga tabassum yugurtirdi.


Elimizning taniqli san'atkori, xushovoz xonanda A'lo Rahimovaning qo'shiqlari bayramga o'zgacha fayz kiritdi.


Tadbir bayramona, ko'tarinki ruhda yakunlandi.

Qo'mita matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali