Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'lsozlarga "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishonlari topshirildi

9964 31-Avgust, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 78 Kb)


"O'zavtoyo'l" aktsiyadorlik kompaniyasida sohada faoliyat ko'rsatayotgan bir guruh xodimlarga "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishonlarini topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. 

Kompaniya Boshqaruvi raisi va so'zga chiqqan boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida Respublikamiz iqtisodiy rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelayotgan yo'lsozlarning bugungi zahmatli mehnati – bunyodkorlik va barqarorlik hukm surayotgan, jahon sahnida o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan O'zbekistonimiz taraqqiyotiga munosib hissa bo'lib qo'shilayotgani, bugungi erishayotgan natijalarimizga aynan yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik sabab ekanini ta'kidlashdi. 


Respublikamizning turli hududlarida, jumladan, poytaxtda ochilgan yangi – "Nurafshon" va "Taraqqiyot" ko'chalarining mamlakat infrastruktura-sini yaxshilanishiga qo'shajak hissasi ulkan ekani, bu borada esa zahmatkash yo'lsozlarning mehnati alohida tahsinga sazovor bo'lib kelayotgani, bu mehnat Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan muntazam ravishda munosib taqdirlanayotgani ham fikrimiz dalilidir. 2016 yil 24 avgustda Prezident Farmoni bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida "O'zavtoyo'l" tizimida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning ham borligi – alohida quvonchga sazovor. Tizimdagi xodimlarning 6 nafari Respublikamizning ana shunday yuksak orden va medallariga sazovor bo'ldilar.

Tadbirda Prezidentimiz Farmoni bilan ta'sis etilgan "O'zbekiston Mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishonini tizimda mehnat qilayotgan xodimlarga va ishchi-xizmatchilarga "O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvi raisi A.Abduvaliev tantanali ravishda topshirdi.


Mukofotlanganlar yo'lsozlik sohasi rivoji yo'lidagi e'tibori uchun Yurtboshimizga minnatdorlik bildirdi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali