Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'lsozlarning bayramoldi hisoboti

10878 11-Avgust, 2014 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


"O'zavtoyo'l" DAKda Kompaniyaning 2014-yil birinchi yarim yilligi ish yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.Bugungi kunda respublika avtomobil yo'llari tarmog'ining umumiy uzunligi 183 685 km.ni tashkil etmoqda. Jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari 42 654 km.ni (shundan, xalqaro yo'llar – 3979 km., davlat ahamiyatidagi yo'llar – 14066 km., mahalliy yo'llar – 24609 km.), shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalari 61 664 km.ni, hamda xo'jalik avtomobil yo'llari 79 367 km.ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida "O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi mehnat jamoalari tomonidan 42654 km. uzunlikdagi umumfoydalanuv avtomobil yo'llari va undagi barcha muhandislik inshootlari O'zbekiston Respublikasi "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi qonuniga muvofiq texnik soz holatda asraldi, yo'l harakati xavfsizligi va uzluksizligi ta'minlandi.

Mamlakatimizda yuk va yo'lovchi tashishning asosiy qismi avtomobil yo'llari ulushiga to'g'ri keladi. Xususan, yuklarning qariyb 85 foizi, yo'lovchilarning 95 foizdan ortig'i avtomobil yo'llari orqali tashilmoqda. Bu avtomobil yo'llari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida naqadar muhim o'rin tutishidan yorqin dalolatdir. Shu bois ham istiqlolning ilk yillaridan yo'l, transport-kommunikatsiya sohasiga alohida e'tibor berilib, yangi yo'l va ko'priklar qurish, yo'l infratuzilmasini xalqaro andozalar va zamon talablari darajasida rivojlantirish borasida keng ko'lamli va izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 2007-yil oktyabr oyida qabul qilingan "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, respublikamiz Prezidentining 2010-yil 21 dekabrdagi "2011-2015 yillarda infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to'g'risida"gi 1446-sonli qarori hamda qabul qilingan maqsadli Dasturlar yo'lsozlik sohasidagi bunyodkorlik ishlarining huquqiy poydevorini yaratdi.

Anjumanda ma'lum qilinganidek, hisobot davrida "O'zavtoyo'l" DAK tarkibidagi tashkilot va korxonalar tomonidan 564,4 mlrd. so'mlik yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21 dekabrdagi PQ-1446-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbek milliy avtomagistrali" tarkibiga kiruvchi avtomobil yo'llari uchastkalarini qurish va rekonstruktsiya qilish dasturiga asosan jami 61 ta ob'ektda 534 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llarining foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan bo'lib, 2014-yilning birinchi yarim yilligida investitsiya dasturi doirasida mahalliy pudratchi korxonalar tomonidan 534 km. yo'l qurilish-ta'mirlash ishlari uchun 930,4 mlrd. so'mlik (shundan "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxonalari tomonidan 233 km. yo'l qurilish-ta'mirlash ishlari uchun 655,6 mlrd. so'mlik) shartnomalar tuzilgan va qurilish-ta'mirlash ishlari boshlangan.

Shundan 152,0 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinib, bu borada rejadagi 176,3 mlrd. so'm o'rniga 185,3 mlrd. so'mlik (105,1%) qayta qurish ishlari bajarildi.

"O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida bajarilgan kapital ta'mirlash ishlari hajmi 48,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Respublikamizning xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi 42654 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llarida jami 286,1 mlrd. so'mlik saqlash va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.2014-yilning birinchi yarmida kompaniya korxonalariga jami 264 ta yangi texnikalar olindi. Shundan, 217 ta texnika Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari hisobidan xarid qilingan bo'lsa, 47 ta texnika korxonalarning o'z mablag'lari, lizing va bank kreditlari hisobidan sotib olingan.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan kompaniyaga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2014-yilning birinchi yarim yilligida o'sish sur'atlari 103,5 % miqdorida belgilangan bo'lib, kompaniya tizimidagi sanoat va yordamchi ishlab-chiqarish xo'jalik korxonalari tomonidan hisobot davrida taqqoslama narxlarda 95,3 mlrd. so'mlik, 2013-yilning shu davriga nisbatan esa 103,6 % dan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Matbuot anjumanida Kompaniya faoliyatining turli yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar ishtirok etib, jurnalistlarning sohaga doir ko'plab savollariga atroflicha javob berdilar.

"O'zavtoyo'l" DAK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali