Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Yuksalish mezonlari" ko'rsatuvi

10782 16-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 20 Kb)


Yurtimiz istiqlolining o'tgan chorak asrida erishilgan natijalar – "asrlarga tatigulik yillar" sifatida baholanib, tarixda o'zining munosib bahosini olmog'iga shubha yo'q. Har bir sohaning o'z shonli sahifasi, tadrijiy solnomasi bo'lgani singari, yo'lsozlikning ham ulkan raqamlari, qiyosga arzigulik amaliy natijalari bisyor.

O'zbekiston teleradikompaniyasi "Mahalla" teleradiokanali ijodkorlari bilan hamkorlikda yaratilgan "Yuksalish mezonlari" ko'rsatuvi O'zbekiston yo'lsozlarining mustaqillik yillarida erishgan ana shunday ulkan natijalari, ularning yurtimiz iqtisodiyoti va bugungi ko'rkam qiyofasiga qo'shgan salmoqli hissalariga bag'ishlanadi. Bundan tashqari ko'rsatuvda kelgusida sohada xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi va uning yechimi borasida qilinayotgan ishlar ham batafsil yoritilgan.

Videolavhaga havola:http://uzavtoyul.uz/uz/site/video/22


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali