Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Avtomobil yo'llaridagi qurilishlarda innovatsiyalar

8902 9-Iyul, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 128 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot korxonasida ayni kunda ko'plab ilmiy ixtirolar va innovatsion tadqiqotlar ustida ish olib borilmoqda. 

Jumladan, yo'l tizimiga joriy qilinayotgan quyidagi innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni sanab o'tish mumkin:

1. "Bitum emulsiyasi" ishlanmasiga patent olindi. Uni qo'mita tizimidagi korxonalar amaliyotiga joriy etilganda, samarali ekanligi ko'zga tashlandi. Masalan, mazkur emulsiyalar Farg'ona viloyatidagi 10 km uzunlikdagi mahalliy avtomobil yo'llari qurilishida qo'llanilganda, 450 mln. so'mlik mablag' iqtisod qilinishiga erishildi. 

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, bitum emulsiyasi avtomobil yo'llaridagi ustki qatlamga ishlov berishda – ularni takomillashgan qatlamga o'tkazish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari bu kabi emulsiyalar ko'p qatlamli asfal-beton qorishmalari yotqizilayotganda, pastki qatlamga ishlov berish, shuningdek, yangi yotqizilgan tsement-beton qorishmalari chidamliligini oshirishda ham qo'llaniladi.

2. "Rezino-bitum mastikasi"ga ham patent olindi.


Bitum asosida tayyorlangan bu kabi mastikalar tsement-beton qoplamali avtomobil yo'llari, shuningdek, aerodromlardagi chuqurlar va choklarni germetizatsiya qilish va mustahkamlash uchun qo'llaniladi. 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali