Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Navoiylik yo'lsozlar faoliyati

9438 29-Dekabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 112 Kb)


Navoiy viloyati hududining kattaligi jihatidan mamlakatimizda Qoraqalpog'iston Respublikasidan keyingi ikkinchi o'rinda turadi. Mazkur viloyatdan o'tgan magistral yo'llar ham shu ulkan hududga mos kelishi aniq.

Misollarga murojaat qiladigan bo'lsak, Navoiy viloyati hududida 3917 km umumiy foydavlanuvdagi avtomobil yo'llari mavjud bo'lib, shundan 302 km - xalqaro, 2490 km - davlat va 1125 km - mahalliy axamiyatdagi avtomobil yo'llaridir.

Yakuniga yetayotgan 2016 yilda "Navoiyavtoyo'l" HYFT (hududiy yo'llardan foydalanish tashkiloti) tizimidagi korxonalar tomonidan viloyat hududidagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 59 km, mahalliy ahamiyatdagi 31 km yo'llar joriy ta'mirlandi. 

Tashkilot tomonidan 2013-2016 yillar davomida qurib, foydalanishga topshirilgan M 37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 261-kilometri va Buxoro shahri aylanma yo'li kesishmasidagi - uzunligi 5 km dan ortiq bo'lgan transport yechimi Buxoro shahri ko'rkiga ko'rk qo'shish bilan birga, shahar atrofidan o'tgan xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo'llaridagi transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatini ta'minladi.

Viloyatdagi shahar ko'chalarida ham qurilish va ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, G'alaba shohko'chasinining 3,4 km qismida, Guliston-3 massivi orqali o'tuvchi 4N367 avtomobil yo'lining 5-7 kilometrlarida to'liq rekonstruktsiya ishlari olib borildi. 

"Navoiyavtoyo'l" HYFT direktori M.Suvonovning ma'lumotiga qaraganda, 2016 yilda viloyat hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yullarida 3 mingga yaqin eskirib qolgan yo'l belgilari yangisiga almashtirildi, yo'l chetlariga 2600 dona yo'naltiruvchi ustunchalar 1530 pm to'siqlar o'rnatildi, 11 ta zamonaviy tipdagi avtobekatlar, 3 dona avtobus to'xtaydigan maydonchalar qurildi, 5 ta avtobekat to'liq ta'mirlandi.

Bugun yo'l infratuzilmasini ko'ngildagidek rivojlantirish uchun yo'l korxonalari moddiy texnika bazasini rivojlantirish, ishlab chiqarish bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish muhim ahamiyatga ega. Shu bois Navoiy viloyatida ham bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 


Xususan, Eron davlatida ishlab chiqarilgan, "AMS-120" markali, soatiga 120 tonna asfalt-beton qorishmasi tayyorlash quvvatiga ega bo'lgan asfalt-beton zavodining ishga tushirilishi yo'lchilar uchun katta yutuq bo'ldi. Mazkur zavodda joriy yilda 2016 yil investitsiya dasturi asosida qayta qurilgan - "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 116-126 kilometrlari qismi ob'ektiga uzluksiz sifatli mahsulot yetkazib berildi. 

Shuningdek, yangi zavod ishga tushirilishi munosabati bilan gaz va elektr quvvati sarfi kamayishiga, vaqtni tejashga va eng muhimi, zavod hududida xavfsizlik to'liq ta'minishiga erishildi. 

Muxtasar qilib aytganda, bugun Respublikamizdagi barcha bunyodkorlar qatori Navoiylik yo'lsozlar ham 2016 yilni munosib natijalar bilan yakunlamoqda.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali