Qo'mita yangiliklari
Yuksak mukofotlarga sazovor bo'lgan yo'lsozlar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustda imzolangan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoniga binoan bir guruh yo'lsozlar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo'lishdi. Jumladan,
Batafsil...Yangilangan Qo'qon yo'llari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o'tkazish to'g'risida"gi qaroriga asosan Qo'qon shahrida o'tkaziladigan festivalga tayyorgarlik ko'rish maqsadida shahar hududidagi va shaharga olib keluvchi avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Batafsil...Qo'mita tomonidan brifing o'tkazildi
2019-yilning 5-avgust kuni Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "O'zbekiston Respublikasida avtomobil yo'llari qurilishi va yo'l qoplamalari sifatini yaxshilash" mavzuida brifing o'tkazildi.
Batafsil...Buxoro viloyatidagi 3,5 km yo'l butkul yangilandi
Shu kunlarda yo'lsozlar tomonidan – qadim Buxoro shahridan aeroportga olib boradigan 3 yarim kilometrlik yo'l butunlay yangilanib, foydalanishga topshirildi.
Batafsil..."kun.uz" saytida e'lon qilingan maqolaga munosabat
2019-yilning 29-iyun kuni "kun.uz" saytida "Eski tramvay yo'llarini ta'mirlash uchun "Avtoyo'l" pul olgan, ammo ishlarni bajarmagan" nomli maqola e'lon qilindi. Maqolada Toshkent shahar hokimligi tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumanida shahardagi eski tramvay yo'llari ta'miri bilan bog'liq savolga shahar hokimi "Albatta, tramvay yo'llarini ta'mirlash 3 yil ilgari "Avtoyo'l" tashkilotiga tegishli bo'lgan. Puli ham olingan, lekin hozirgi holatda qolib ketgan", - deya bayonot berilgan. Bundan tashqari maqolada mazkur yo'llarning bugungi kunda foydalanishga qabul qilinmaganligi hamda yuzaga kelgan ahvol uchun javobgarlik masalalari ham ko'tarilgan.
Batafsil...Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo'llari sifatini oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi
Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hududida qurilgan yangi avtomobil yo'lini borib ko'rdi.
Batafsil...5 oy davomida qilingan ishlar haqida ma'lumot
2019-yilning 5 oyi davomida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi tizim korxonalari tomonidan jami 1627,8 mlrd. so'mlik qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi.
Batafsil...Xovosda yo'llar ta'mirlanadi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi "2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani yangi markazini qurish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 380-sonli qarori bilan 2019-2020-yillar davomida bajariladigan ishlar qatorida – yo'l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish tadbirlari ham belgilab berildi.
Batafsil...Germaniya bilan qo'shma korxona tashkil qilinadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4145-sonli qarorida Avtomobil yo'llari qo'mitasiga, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda – asfaltbeton qorishmalari ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona tashkil etish loyihasini tadbiq etish vazifasi yuklatilgan edi.
Batafsil...Xorazmdagi ko'kalamzorlashtirish sur'atlari
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi mobaynida ko'plab vazifalar qatori Urganch-Shovot yo'nalishi bo'yicha ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo'yicha ham ko'rsatma bergan edi.
Batafsil...