Qo'mita yangiliklari
OTB bilan hamkorlik
Qator yillar mobaynida Osiyo taraqqiyot bankining investitsiyalari O'zbekistondagi talay sohalar qatori, avtomobil yo'llari qurilishi va ta'mirida ham muvaffaqiyatli joriy etib kelinmoqda.
Batafsil...Yo'ling soz – mashaqqating oz
Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bilan, qo'mita tizimida "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK tashkil etilgan, uning nomida ko'rsatib o'tilgan ishlarni bajarish uchun davlat tomonidan buyurtmachi sifatida qatnashish – aynan mazkur korxona zimmasiga yuklatilgan edi.
Batafsil...Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining barcha hududiy bosh boshqarmalarida viloyatlardagi yo'l tashkilotlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida – korruptsiyaga qarshi kurashish masalasi bo'yicha Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan xodimlarni tanishtirishga qaratilgan "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzuida seminar-yig'ilishlar tashkil etildi.
Batafsil...Mirzacho'lning namunali yo'llari
Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanida, "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida 23,1 km ichki hamda umumiy foydalanuvda bo'lgan yo'llar to'liq asfaltlashtirildi. Bu esa – yo'lsozlar tomonidan so'nggi oylarda tumanda amalga oshirilgan ishlarning bir qismi, xolos.
Batafsil...Jizzaxlik yo'lsozlar faoliyatidan
"O'zbekiston 24" telekanalida namoyish etilgan ko'rsatuv Jizzax viloyati yo'lsozlari faoliyatiga bag'ishlandi.
Batafsil...Nobel mukofoti sovrindori – qo'mita tarkibidagi institut faxriy doktori bo'ldi
Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida "Yo'l qoplamalarini barqaror boshqarish tizimlarini yaratish jarayonining muammolari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Batafsil...Xalqaro press-klubda mintaqa transport yo'laklari istiqbollari
Ma'lumki, 2018-yilning 20-21-sentabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo xalqaro transport yo'laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar" mavzuidagi xalqaro konferentsiya bo'lib o'tadi. Xalqaro Press-klubning 17-sentabrda o'tkazilgan navbatdagi sessiyasi shu voqeaga bag'ishlandi va unda Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliev ishtirok etdi.
Batafsil...Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tomonidan "Markaziy Osiyo xalqaro transport tizimida: strategik istiqbol va amalga oshirilmagan imkoniyatlar" mavzusida Xalqaro konferentsiya tayyorgarlik ko'rish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida MA'LUMOT
Joriy yilning 20-21 sentyabr kunlari Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo xalqaro transport tizimida: strategik istiqbol va amalga oshirilmagan imkoniyatlar" mavzusida Xalqaro konferentsiya o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Batafsil...Ko'kalamzorlashtirish bo'yicha Turkiyadagi tajriba almashuv
Yaqinda O'zbekistonlik bir guruh ko'kalamzorlashtirish bo'yicha mutaxassislar Turkiya Respublikasida bo'lib, soha bo'yicha ushbu mamlakatda yo'lga qo'yilgan tajriba bilan bevosita tanishdilar.
Batafsil...Qo'mitada bayram tadbiri
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag'ishlangan "Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbek Milliy akademik drama teatrining bir guruh san'atkorlari ishtirok etishdi.
Batafsil...