Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog'iston Respublikasi mudofaa vazirini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Qozog'iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzoqovni qabul qildi.
Batafsil...Prezident ta'lim tizimidagi islohotlarning borishi bo'yicha majlis o'tkazdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro integratsiyani ta'minlagan holda yangi o'quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11-yillik o'rta ta'lim tizimini joriy etish, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta'lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri I.Majidov, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori M.Xolmuhamedov, xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov va ularning o'rinbosarlarini qabul qildi va hisobotlarini tingladi.
Batafsil...2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi
Batafsil...Mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishida muhim qadam
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi.
Batafsil...O'zbekiston Prezidenti Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonni qabul qildi.
Batafsil...Tashabbuskorlik, amaliy natijalarga erishishga intilish, intizomga qat'iy rioya etish – belgilangan vazifalarni bajarishning muhim omili
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-avgust kuni Toshkentda joriy yilning o'tgan 7 oyi mobaynida mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, davlatimiz rahbarining joylarda xalq bilan muloqotlari chog'ida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga bag'ishlangan selektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Batafsil...Surxondaryoda yo'llar ta'mirlanmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida nafaqat mintaqaviy, balki umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llarini qurish va tubdan ta'mirlashning 2017-2018 yillarga mo'ljallangan yangilangan dasturi ham tasdiqlangan.
Batafsil...O'zbekiston Prezidenti Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi.
Batafsil...Iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlash – xalqimiz farovonligini oshirishning muhim omili
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-avgust kuni 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yil yakuni bo'yicha kutilayotgan natijalar, shuningdek, davlatimiz rahbarining Andijon viloyati va poytaxtimizning Chilonzor tumaniga tashriflari chog'ida belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
Batafsil...Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo'llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.
Batafsil...