Xalqaro munosabatlar
Yaponiya hukumati bilan hujjatlar imzolandi
2018-yilning 30-may kuni O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida – Yaponiya hukumatining "Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturi" doirasidagi grantlar asosida, "O'zbekistondagi yo'l qurilishi va ta'miri uchun Yaponiya texnikalarni beg'araz taqdim etish" bo'yicha hukumatlararo hujjatga imzo chekish marosimi bo'lib o'tdi.
Batafsil...Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik.
Tadbirkorlar va manfaatdor xo'jalik yurituvchi sub'ektlar diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 martdagi 67-sonli "2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan "O'zavtoyo'l" AK tizimidagi korxonalar joriy yilning 27-30 aprel kunlari "O'zekspomarkaz" MKM hududida o'tkaziladigan tarmoq sanoat yarmarkasida ishtirok etadi.
Batafsil...Tadbirkorlar va manfaatdor xo'jalik yurituvchi sub'ektlar diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi 59-sonli "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxonalar joriy yilning 29 aprel - 1 may kunlari "O'zekspomarkaz" MKM hududida o'tkaziladigan tarmoq sanoat yarmarkasida ishtirok etadi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" vakillari Xitoyda tajriba almashishdi
Ma'lumki, Xitoydagi avtomobil yo'llari va ko'priklar jahondagi eng namunaviy yo'llardan hisoblanadi. Sohadagi yutuqlar nuqtai nazaridan, bu davlat bilan tajriba almashadigan jihatlar ko'p. Joriy yilning 20-27 yanvar kunlari kompaniya tarkibidagi korxonalar vakillaridan iborat bir guruh o'zbekistonlik yo'lsozlar Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo'lib, tajriba almashishdi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashdi
2015 yilning 21 yanvar kuni "O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati hamda Jahon banki vakillari o'rtasida muzokaralar bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasidagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarining mahalliy ahamiyatda bo'lgan qismlarini to'la ta'mirlashga taalluqli loyihalar muhokama etildi.
Batafsil...Jaxon transport yo'laklariga integratsiyalashtirish
Jaxon transport yo'laklariga integratsiyalashtirishO'zbekistonning geografik joylashuvi yuklar va yo'lovchilarni eng qisqa yo'l orqali, dengiz portlarini ham kiritgan holda, deyarli barcha yo'nalishlarda tranzit tashish ishlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Batafsil...