O'zbekiston yangiliklari
Asosiy maqsadimiz – mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishdir
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27-aprel kuni Jizzax viloyatida bo'ldi.
Batafsil...O'zbekiston Prezidenti Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'luni qabul qildi.
Batafsil...O'zbekiston Prezidenti AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi qo'mondonini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo'mondonligi qo'mondoni, general Jozef Leonard Votelni qabul qildi.
Batafsil...Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2017-yilning 26-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kоmilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lu bilan uchrashdi. Bu haqda O'zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Batafsil...Asosiy maqsad – odamlarning roziligi, yurtimiz obodligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 21-aprel kuni Olmazor tumanida bo'ldi.
Batafsil...Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 20-aprel kuni O'mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.
Batafsil...Mahalliylashtirish va eksport masalalari muhokama qilindi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 19-aprel kuni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobidan import hajmi va turlarini maqbullashtirish, shuningdek, eksport prognoz ko'rsatkichlarining so'zsiz bajarilishi va eksport hajmini yanada ko'paytirish maqsadida mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solish uchun barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Batafsil...Vazirlar Mahkamasining majlisi to'g'risida axborot
2017-yil 18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 14-yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2017-yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor vazifalari bajarilishini so'zsiz ta'minlash bo'yicha qo'shimcha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag'ishlangan majlisi bo'lib o'tdi.
Batafsil...Samarqandda tramvay qatnay boshladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog'ida Samarqand shahrida transport tizimini yanada yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratgan va aholiga qulaylik yaratish hamda shahar atrof-muhiti musaffoligini ta'minlash borasida zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish zarurligini ta'kidlagan edi.
Batafsil...Fransiya ТIV rahbari bilan uchrashuv
2017-yilning 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi, deya xabar qildi O'zbekiston ТIV matbuot xizmati.
Batafsil...