Yangiliklar
Shavkat Mirziyoev – O'zbekistonning saylangan Prezidenti
5-dekabr kuni poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Prezident saylovining dastlabki natijalariga bag'ishlangan tadbiri bo'lib o'tdi.
Batafsil...O'zbekistonda "jimlik kuni"
O'zbekistonda saylovdan oldingi so'nggi bir kunda saylovoldi tashviqot o'tkazish taqiqlanadi.
Batafsil..."Toshkentdan Xorazmgacha..."
Bugungi kunda shu mashhur qo'shiqni xirgoyi qilganingizda, beixtiyor bu ikki yurt o'rtasidagi yo'lning necha kilometrligi yodingizga tushadi. Yo'lni eslagandan keyin esa, ularning bugungi holatini ham ko'z oldingizga keltirishingiz tabiiy. Dadil aytish mumkinki, bu yo'llar bugun zamon talablariga mos holda – ham qurilmoqda, ham ta'mirlanmoqda.
Batafsil...Toshkent-Dushanbe aviareyslari yanvardan qayta tiklanadi
"O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Batafsil...O'zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlikni kengaytiradi
O'zbekiston va RF mudofaa vazirlari harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to'g'risidagi shartnomani imzoladi.
Batafsil...Valyuta siyosati erkinlashtiriladi
O'zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirishi kutilmoqda.
Batafsil...Fidel Kastro vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisi Raul Modesto Kastro Rusga mamlakatni bir necha o'n yil davomida boshqargan atoqli siyosat va davlat arbobi Fidel Alexandro Kastro Rusning vafoti munosabati bilan Kuba rahbariyati va butun xalqiga samimiy dalda va ta'ziya izhor etilgan maktub yo'lladi. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Batafsil...Ravon yo'llar uchun zamonaviy texnikalar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martda qabul qilingan "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi PQ-2313-sonli qarorida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash maqsadlari 2015 yildan 2019 yilga qadar jami 993 dona jixozlar va yo'l-qurilish texnikalarini xarid qilish; 28 jamlanmada asfalt-beton, tsement-beton zavodlari, beton qorishtirish uskunalari, tosh maydalash va saralash liniyalari hamda boshqa texnikalarni xarid qilish, shu yo'l bilan ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash ishlarini amalga oshirish belgilab berilgan edi.
Batafsil...Erkin iqtisodiy zonalar to'rttaga ko'payadi
Urgut, G'ijduvon, Qo'qon va Xozaraspda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Batafsil...O'zbekiston – Turkiya: hamkorlikning yangi imkoniyatlari
17-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Batafsil...