Qo'mita yangiliklari
Poytaxt ko'chalarining avvalgi va hozirgi ko'rinishlari
Bugungi kunda Toshkent ko'chalari va yo'llarida ta'mirlash va qaytadan qurish jarayonlari davom etayotgani haqida xabar bergan edik.
Batafsil...Toshkent yo'llaridagi ta'mirlash ishlari davom etmoqda
Avval xabar qilganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo'l jamg'armasi boshqaruv kengashi tomonidan 2017 yilning 7 mart kuni tasdiqlangan "2017 yilda Toshkent shahri tumanlarining yo'l infratuzilmasini rivojlantirishning manzilli dasturi"ga muvofiq poytaxt ko'chalaridagi ta'mirlash ishlari davom etmoqda.
Batafsil...1-chorakda bajarilgan ishlar - amaliy misollarda
Avval xabar berganimizdek, Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi hamda uning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2017 yilning o'tgan 1-choragi davomida Investitsiya dasturi bo'yicha 59,7 mlrd. so'mlik rekonstruktsiya ishlari, kapital ta'mirlash dasturi bo'yicha 9,4 mlrd. so'mlik, joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bo'yicha esa 195,3 mlrd. so'mlik miqdoridagi bajarildi. 710 kilometrdan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari holati yaxshilandi.
Batafsil..."Qamchiq" dovonidagi yuk mashinalariga cheklov joriy etiladi
2017 yilning 1 iyulidan boshlab A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismida harakatlanayotgan yuk avtotransportlarining - o'qqa tushadigan yuklamasi 11,5 tonnadan ortiq bo'lganlariga ruxsat berilmaydi.
Batafsil...Matbuot anjumani o'tkazildi
2017 yilning 24 aprel kuni Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "Ravon avtomobil yo'llari – inson manfaatlarining muhim omili" mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi.
Batafsil...Qo'mita raisi o'rinbosari – bosh muhandis tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 10 apreldagi PQ-2877-sonli qaroriga binoan Obid Adilov O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari – bosh muhandis etib tayinlandi.
Batafsil...Yo'l qurilishini nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi tashkil qilindi
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 martdagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo'l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish to'g'risida"gi qaroriga binoan bevosita hukumatga bo'ysunuvchi hamda Respublikadagi yo'l qurilishini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi tashkil etildi.
Batafsil..."Amu – Buxoro" kanali ustidagi yangi ko'prik foydalanishga topshirildi
Navro'z ayyomi shukuhi davom etayotgan shu kunlarda yo'lsozlar yana bir yirik bunyodkorlik loyihasini amalga oshirishdi. O'zbekiston milliy avtomagistrali tizimidagi Qorovulbozor tumani orqali o'tuvchi G'uzor – Buxoro – Nukus – Beynov xalqaro avtomobil yo'lidagi viloyatlararo Amu – Buxoro kanali ustida barpo etilgan yangi zamonaviy ko'prik foydalanishga topshirildi.
Batafsil...Yo'lsozlar Navro'zni bayram qilishdi
O'zbekiston Avtomobil yo'llari Davlat qo'mitasi majlislar zalida "O'lkamizga xush kelding, Navro'z!" mavzuida madaniy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Batafsil...Avtomobil yo'llari Davlat qo'mitasi raisi va raisning birinchi o'rinbosari tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 18 martdagi PF-4991-sonli Farmoni bilan Abdurahmon Abduvaliev O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi etib tayinlandi.
Batafsil...