Qo'mita yangiliklari
2017-yilda 260 km avtomobil yo'llari quriladi va ta'mirlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya Dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan joriy yilda mamlakatimiz bo'yicha jami 260 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari yangidan quriladi yoki rekonstruktsiya qilinadi.
Batafsil...Navoiylik yo'lsozlar faoliyati
Navoiy viloyati hududining kattaligi jihatidan mamlakatimizda Qoraqalpog'iston Respublikasidan keyingi ikkinchi o'rinda turadi. Mazkur viloyatdan o'tgan magistral yo'llar ham shu ulkan hududga mos kelishi aniq.
Batafsil...Namangan shahrida yo'llar va kommunikatsiyalar yaxshilanadi
Namangan shahrining yo'l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bo'lajak uch yil davomida yanada yaxshilanadi.
Batafsil...Yo'lsozlikda 2016 yilning muhim yutuqlari
Garchi 2016 yil yakuniga biroz vaqt bor bo'lsa-da, yo'lsozlar uchun o'tib borayotgan yilimizning muhim natijalariga nazar tashlab, erishilgan natijalarni tahlil etish, shu orqali endigi vazifalarni belgilab olish muhim hisoblanadi. Xo'sh, yakuniga yetayotgan yil soha uchun qanday natijalar yili bo'ldi?
Batafsil..."Toshkentdan Xorazmgacha..."
Bugungi kunda shu mashhur qo'shiqni xirgoyi qilganingizda, beixtiyor bu ikki yurt o'rtasidagi yo'lning necha kilometrligi yodingizga tushadi. Yo'lni eslagandan keyin esa, ularning bugungi holatini ham ko'z oldingizga keltirishingiz tabiiy. Dadil aytish mumkinki, bu yo'llar bugun zamon talablariga mos holda – ham qurilmoqda, ham ta'mirlanmoqda.
Batafsil...Ravon yo'llar uchun zamonaviy texnikalar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martda qabul qilingan "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi PQ-2313-sonli qarorida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash maqsadlari 2015 yildan 2019 yilga qadar jami 993 dona jixozlar va yo'l-qurilish texnikalarini xarid qilish; 28 jamlanmada asfalt-beton, tsement-beton zavodlari, beton qorishtirish uskunalari, tosh maydalash va saralash liniyalari hamda boshqa texnikalarni xarid qilish, shu yo'l bilan ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash ishlarini amalga oshirish belgilab berilgan edi.
Batafsil...Farg'onaning ravon yo'llari
Farg'ona viloyatida joriy yilning o'tgan davri mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi "2016 yilgi Investitsiya dasturi to'g'risida"gi PQ-2458 qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi 126-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish asnosida 8,6 km avtomobil yo'llari to'la ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" AK rahbariyatida yangi tayinlanish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 oktyabrdagi 367-sonli qarori bilan Obid Adilov "O'zavtoyo'l" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o'rinbosari – bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.
Batafsil...2016 yilning 9 oyidagi yirik amaliy natijalar
2016 yildagi Investitsiya dasturi ijrosi bo'yicha "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2016 yilning o'tgan 9 oyi davomida 138,9 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Bu raqamlar kompaniya boshqaruvining joriy yil 9 oyi yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishida ta'kidlandi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" AK boshqaruvining 2016 yilning 9 oylik yakunlari bo'yicha yig'ilishi
2016 yilning 22 oktyabr kuni kompaniya boshqaruvining 2016 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Batafsil...