Qo'mita yangiliklari
O'zbegimning yo'llari

O'zbegimning yo'llari: kecha, bugun, ertaga yoxud Otabekning armoni
Batafsil..."Tabarruk an'ana" ko'rsatuvi

"O'zavtoyo'l" Aksiyadorlik Kompaniyasi hamda O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Mahalla" telekanali o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik natijasida "Tabarruk an'ana" ko'rsatuvining navbatdagi soni mamlakatimiz yo'lsozlik sohasiga bag'ishlanadi.
Batafsil...Taraqqiyot ko'chasidagi yangi avtomobil yo'li

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz shahar va qishloqlarining ko'rkiga ko'rk qo'shilib bormoqda. Ayniqsa, Toshkent shahrining borgan sari zamonaviy qiyofa kasb etib borayotganiga barchamiz guvohmiz. Yangi yo'llarning barpo etilishi, ko'priklar qurilishi bugungi kunda shahar infratuzilmasining yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda.
Batafsil...Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir

Joriy yilning 28 may kuni "O'zavtoyo'l"AK tizimidagi Avtomobil yo'llari ilmiy tadqiqot instituti (AYITI)da 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbir doirasida "Asfaltga tushirilgan eng yaxshi surat" tanlovi bo'lib o'tib, unda institutda faoliyat yurituvchi xodimlarning eng kichik oila a'zolari ishtirok etishdi. Jajji bolakaylar o'zlarining bor mahoratlarini namoyish etishga bel bog'lab, bir-biridan chiroyli rasmlar chizishar ekan, yuzlarida bayram nashidasi aks etib turardi.
Batafsil...Poytaxtimiz yo'llari yanada obod bo'lmoqda

Mustaqillik yillarida poytaxtimiz ko'rki tubdan o'zgarib, obod va go'zal shaharga aylandi. Buni ozod xalqning obod mamlakatda yashashini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir yorqin ifodasi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Barcha jabhalarda bo'lgani kabi, mustaqillik yillarida yo'lsozlik sohasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar ko'lami ham faxrlansa arzigulik.
Batafsil...Tadbirkorlar va manfaatdor xo'jalik yurituvchi sub'ektlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 martdagi 67-sonli "2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan "O'zavtoyo'l" AK tizimidagi korxonalar joriy yilning 27-30 aprel kunlari "O'zekspomarkaz" MKM hududida o'tkaziladigan tarmoq sanoat yarmarkasida ishtirok etadi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" AK boshqaruvining 2016 yil I chorak yakunlari bo'yicha yig'ilishi

2016 yilning 22 aprel kuni kompaniya boshqaruvining 2016 yil I chorak yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.
Batafsil..."Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferensiya ishchi guruhi yig'ilishi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari Qo'mitasining 2016 yilga mo'ljallangan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari Dasturiga muvofiq "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 13 va 18 aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan ushbu tadbirni o'zkazish va unga tayyorgarlik ko'rish masalalariga bag'ishlab ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Batafsil...Samarali xalqaro hamkorlik: "Papenburg AG" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv

Joriy yilning 30 mart kuni "O'zavtoyo'l" AK da kompaniya rahbariyati va Germaniya Federativ Respublikasining "Papenburg AG" kompaniyasi rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" AK faoliyatining 2015 yil sarhisobi va istiqboldagi rejalar
