Qo'mita yangiliklari
AYITIda yangi izlanish
"O'zavtoyo'l" AK tizimidagi Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot institutida bugungi kunda ko'plab ilmiy ixtirolar va tadqiqotlar ustida ish olib borilmoqda. Ulardan biri – zamonaviy yangi tadqiqot texnologiyasidir.
Batafsil...Yo'lsozlarning Qashqadaryodagi faoliyati
Qashqadaryo viloyatida avtomobil yo'llarini ko'ngildagidek saqlash, ularni ta'mirlash va qayta qurish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada esa "O'zavtoyo'l" AKning viloyatdagi bo'linmasi jamoasi jonbozlik ko'rsatmoqda.
Batafsil...Sirdaryo yo'llari yanada ravonlashmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 sentyabrdagi "2015-2019 yillarda Guliston shahrining meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, arxitektura-rejalashtirish qiyofasini tubdan yaxshilash bilan birgalikda ijtimoiy, transport va muxandislik infratuzilmasini rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi PQ-2401-sonli qarori ko'plab infratuzilma ob'ektlari qatori Mirzacho'l bag'rida joylashgan sarhadlardagi yangi yo'l va magistrallar tarmoqlari qurilishiga ham imkon yaratadi.
Batafsil...Yo'lsozlarga "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishonlari topshirildi
"O'zavtoyo'l" aktsiyadorlik kompaniyasida sohada faoliyat ko'rsatayotgan bir guruh xodimlarga "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishonlarini topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
Batafsil...Mukofotlangan yo'lsozlar
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Prezidentning 2016 yil 24 avgustdagi Farmoniga ko'ra "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan quyidagi yo'lsozlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar:
Batafsil..."Ogohlikka da'vat – davr talabi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir
"O'zavtoyo'l" AKda kompaniya tizimidagi tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari ishtirokida "Ogohlikka da'vat – davr talabi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvining 2016 yil I yarim yillik yakunlari bo'yicha yig'ilishi
2016 yilning 26 iyul kuni "O'zavtoyo'l" AK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2016 yil I yarim yillik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.
Batafsil...Namanganlik yo'lsozlarning bayram sovg'asi: Yangiqo'rg'on tumani markazida yangilangan ko'prik
Mustaqillikning qutlug' 25 yillik sanasi arafasida Namanganning barcha shahar va tumanlari bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari avjida. O'zining olmalari-yu, betakror tabiati bilan dong taratgan Yangiqo'rg'onda ham bugun bayram shukuhi ustuvor. Yurtboshimiz rahnamoliklarida olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy yo'nalishdagi chora-tadbirlar har bir tuman ahlini turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Batafsil...Samarqand viloyatida yo'lsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan matbuot anjumani
Joriy yilning ikkinchi choragi yakunida Samarqand shahridagi viloyat Matbuot uyida viloyatdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida qayta qurish, to'la ta'mirlash va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo'llarida asosiy faoliyat bo'yicha olib borilayotgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Batafsil...O'ZBEKISTON — DUNYO YO'LLARI TUTASHGAN YURT
"O'zbekiston ovozi" gazetasining 14 iyul sonida chop etilgan "O'zbekiston dunyo yo'llari tutashgan yurt yoki istiqlol yillarida barpo etilgan avtomobil yo'llari haqida" maqola "O'zavtoyo'l" aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan chorak asr davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga bag'ishlanadi. Unda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojida avtomobil yo'llarining ahamiyati, yo'lsozlik sohasining savobi va mas'uliyati, mustaqillik yillarida qurilgan va rekonstruktsiya qilingan 5000 killometrdan ortiq xalqaro va davlat ahamiyatiga molik yo'llar, 200 ga yaqin ko'prik va yo'l o'tkazgichlar haqida so'z boradi.
Batafsil...