Qo'mita yangiliklari
O'zbek milliy avtomagistrali qurilishi masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani
2016 yilning 15 mart kuni Milliy matbuot markazida"O'zavtoyo'l" aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "O'zbek Milliy avtomagistralini qurish borasida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalar, yo'l va ko'prik qurilishi borasida erishilgan natijalar, tajriba, yangilik va muammolar" mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi.
Batafsil...Yo'lsozlarning mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlash maqsadida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir
"O'zavtoyo'l" AKda kompaniya tizimidagi tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari ishtirokida ""XXI asr fitnasi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Batafsil...A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lidagi bunyodkorlik ishlari
Mamlakatimizda xalqaro talablarga to'la javob beradigan milliy avtomagistral barpo etish, uni dunyo yo'llariga tutashtirish, avtotrassalar bo'yida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi to'g'risida"gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'layotir. Unga ko'ra, O'zbekmilliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvining 2015 yil yakunlari bo'yicha yig'ilishi
2016 yilning 20 yanvar kuni kompaniya Boshqaruvining 2015 yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni Boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.
Batafsil...O'zavtoyo'l DAKning xodimlari Belgiya va Niderlandiya davlatlarida yo'l ob'ektlarida tajriba almashish bo'yicha xizmat safarida bo'ldilar.
Joriy yilning 6-12 dekabr kunlari avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va loyihalashda rivojlangan Yevropa davlatlari bilan tajriba almashish hamda Belgiya va Niderlandiya davlatlarining yo'l ob'ektlari bilan tanishish maqsadida O'zavtoyo'l DAK tizimidagi korxona va tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya xizmat safarida bo'ldi.
Batafsil...Buxorolik yo'lsozlarning bayram sovg'asi
Joriy 2015 yilda Buxoro viloyatida xalqaro va davlat ahamiyatidagi 29,7 km yo'l qayta qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda bu ishlar jadal sur'atda davom etmoqda.
Batafsil...Germaniya delegasiyalari bilan uchrashuvlar
"O'zavtoyo'l" AKda Germaniyaning qator kompaniyalari ishtirokida uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tdi. Ularda O'zbekiston hamda Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida avtomobil yo'llari qurilishi bo'yicha yo'lga qo'yilgan hamkorlik va uni samarali davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil...IX Xalqaro sanoat yarmarkasi yakunlari bo'yicha 100 mlrd. so'mlikdan ortiq shartnomalar imzolandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 oktyabridan 5 noyabrgaqadar bo'lib o'tgan mazkur tadbirda "O'zavtoyo'l" AK tizimidagi korxona va tashkilotlar ham ishtirok etishdi.
Batafsil..."Wirtgen" kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar
"O'zavtoyo'l" DAKda Germaniyaning "Wirtgen International GmbH" kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Mazkur seminardan ko'zlangan asosiy maqsad - avtomobil yo'llarini qurish va saqlash ishlarida qo'llaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va uskunalar bilan tanishish hamda kompaniya tizimida mehnat qilayotgan yo'lsozlar va ularning nemis hamkasblari o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha yig'ilishi
2015 yilning 22 oktyabr kuni kompaniya boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.
Batafsil...