Qo'mita yangiliklari
Yo'lsozlar giyohvandlikka qarshi
"O'zavtoyo'l" DAKda kompaniya hamda tizim tashkilotlari ishchi va xizmatchilari ishtirokida "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzuida tadbir bo'lib o'tdi.
Batafsil...Jizzax viloyatidagi yo'llar tobora yaxshilanmoqda
Bugungi kunda yo'lingiz Jizzax tomonlarga tushsa, bu hududdagi avtomobil yo'llarining sifat jihatdan ancha yaxshilanganiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Jumladan, 2015 yilning o'zida viloyatda xalqaro va davlat ahamiyatidagi 47 km yo'l qayta qurilishi, 12 km yo'l esa to'la ta'mirlanishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda bu ishlar jadal sur'atda davom etmoqda.
Batafsil..."SWARCO" korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv
"O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati bilan Avstriyaning "SWARCO" korporatsiyasi kuzatuv kengashi a'zolari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Batafsil...Bayramga bag'ishlangan tadbir
"O'zavtoyo'l" anjumanlar zalida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag'ishlangan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O'zbekistonim!" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston xalq artisti, "El-yurt hurmati" ordeni sohibasi Rixsi Ibrohimova ishtirok etdi.
Batafsil...Mukofotlangan yo'lsozlar
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga ko'ra "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan quyidagi yo'lsozlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar:
Batafsil...Toshkentdagi ta'mirlanadigan ko'chalar ro'yxati tasdiqlandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 avgustdagi "Toshkent shahridagi magistral ko'chalarni modernizatsiya va rekonstuktsiya qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 227-sonli qarori bilan 2015-2016 yillar davomida poytaxtning rekonstruktsiya qilinadigan va ta'mirlanadigan magistral ko'chalari ro'yxati tasdiqlandi.
Batafsil...Yaxmalakka qarshi yangi reagent ixtiro qilindi
"O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot institutida bugungi kunda ko'plab ilmiy ixtirolar va tadqiqotlar ustida ish olib borilmoqda. Shulardan biri – yaqinda sinovdan o'tgan yo'llardagi yaxmalakka qarshi ekologik xavfsiz kimyoviy reagentlardir.
Batafsil..."O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 1-yarim yillik yakunlari bo'yicha yig'ilishi
2015 yilning 22 iyul kuni "O'zavtoyo'l" DAK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2015 yil 1-yarim yillik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.
Batafsil...Yo'lsozlarning matbuot anjumani
2015 yilning 1 iyul kuni Milliy matbuot markazida "O'zavtoyo'l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "O'zbek Milliy avtomagistrali qurilishi: 2015 yilning yarim yillik natijalari va istiqbollar" mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi.
Batafsil...Kadrlar tayyorlash bo'yicha qo'shma qaror imzolandi
"O'zavtoyo'l" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi markazi bilan birgalikda, kollejlarni bitirayotgan yoshlarni ish bilan ta'minlash, O'zbek milliy avtomagistralini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish hamda respublikaning yo'l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishda kichik mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada qondirish maqsadida Qo'shma qarorga imzo chekildi.
Batafsil...